Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sud hukmidan ko‘p o‘tmay, u Lahor shahrida hibsga olindi.

Foto: Reuters
Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi «Adolat harakati» partiyasi raisi Imron Xon korrupsiya ishi bo‘yicha uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar tarqaldi.
Islomobod sudi Pokiston hukumatining sobiq rahbarini korrupsiyada aybdor deb topdi. Ish Toshaxon davlat xazinasidagi qiymati 635 ming AQSh dollariga teng qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bog‘liq.
Shuningdek, sud uni 100 ming rupiy jarima to‘lashga hukm qildi.
Xon sud hukmidan ko‘p o‘tmay Lahor shahrida hibsga olingan.
«Adolat harakati» bosh kotibi Umar Ayyub Xon ham sobiq bosh vazirning hibsga olinganini tasdiqladi.
2022 yil oktabr oyida Pokiston Saylov komissiyasi Imron Xonni parlament mandatidan, shuningdek, besh yilga mamlakatning federal va mintaqaviy qonun chiqaruvchi organlariga saylanish va tayinlanish huquqidan mahrum qilgan edi.
2022 yil aprel oyida Xon lavozimidan haydalganidan keyin, unga nisbatan 150 dan ortiq jinoiy ish ochilgan. Sobiq bosh vazir bu ishlarni siyosiy ta’qib deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025
Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

10:41 / 05.03.2025