JSST dunyoda vabo tarqalishi xavfini juda yuqori deb baholamoqda
Yomg‘irli mavsum vabo tarqalishiga hissa qo‘shuvchi omillardan biri sifatida sanalgan.

Foto: AP / Hani Mohammed
2023 yil boshidan buyon 25 ta davlatda vabo epidemiyasi qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 taga ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma’lum qilishicha, ushbu kasallikning dunyoda yanada tarqalish xavfi «juda yuqori» deb baholanmoqda.
«O‘tkir epidemiyalar soni va ularning geografik tarqalishini, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslarning yetishmasligini hisobga olgan holda, JSST global darajadagi xavfni juda yuqori deb baholashda davom etmoqda», deyiladi JSST bayonotida.
JSST G‘arbiy Afrikadagi yomg‘irli mavsumni vabo tarqalishiga hissa qo‘shuvchi omil sifatida, shuningdek, odatda Janubiy Amerika janubida, AQSh janubida, Afrika shoxi va Markaziy Osiyoda yog‘ingarchilikning ko‘payishiga olib keladigan El-Ninyo tabiiy hodisasini ham tilga olgan.
JSST xabariga ko‘ra, El-Ninyo vabo epidemiyasi dinamikasini o‘zgartirishi mumkin, chunki yog‘ingarchilikning ko‘payishi, toshqinlar, bo‘ronlar, siklonlar va qurg‘oqchilik toza suv va sog‘liqni saqlash resurslaridan foydalanishni cheklaydi. Bundan tashqari, u suv haroratining oshishiga olib keladi, bu esa vabo vibrioni ko‘payishiga hissa qo‘shishi mumkin.
JSST vabo ayniqsa Afrikaga ta’sir qilayotganini ta’kidladi. Yil boshidan buyon Afrikaning 14 davlatida vabo kasalligi qayd etilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi
Jahon | 13:55
-
«Spaydermen» qo‘l: Muhammad Umarning ushalgan orzusi haqida
O‘zbekiston | 13:55
-
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
Jamiyat | 13:43
-
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

17:25 / 01.07.2025