5 avgust kuni tunda Jizzax viloyati, Forish tumani, «Do‘stlik» mahallasida yashagan 1975 yilda tug‘ilgan A.X. pichoqlandi. Jizzax viloyati IIB «Forish tumanidagi qishloqlardan birida bog‘cha direktori pichoqlab o‘ldirildi» degan mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga shunday izoh berdi.
Qayd qilinishicha, A.X. Forish tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohatlari bilan keltirilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, uning biologik o‘limi qayd etilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida A.X. o‘z mahalladoshi bilan kelishmovchilik yuz bergani oqibatida pichoqlangani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3- qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat sodir etishda gumonlangan shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Marhumning qaysi bog‘chada direktor bo‘lib ishlagani haqida ma’lumot berilmadi.