Xiva, Nukus, Termiz, Shahrisabz, Olmaliq shaharlarida o‘tkazilgan “Biznes Marafon” tadbirlarida 10 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etishdi

Jamiyat 16:41 / 04.08.2023 8857

Mazkur loyiha doirasida joriy yilda Xiva, Nukus, Termiz, Shahrisabz, Olmaliq shaharlarida tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlar uchun treninglar tashkil etildi.

Marafonda o‘tkazilayotgan treninglar tajribali tadbirkorlar tomonidan O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar safini kengaytirish maqsadida bepul amalga oshirilmoqda.

Shu kunga qadar loyiha Xiva, Nukus, Termiz, Shahrisabz, Olmaliq shaharlarida tarixiy qadamjolar, sayilgohlar, madaniyat saroylarida o‘tkazildi va shu davr mobaynida 90 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Tadbirlarda yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz, tajribali tadbirkorlar va biznes trenerlar:

-         Hasan va Husan Mamasaidovlar (“Deli.uz”, “Dekos.uz”, “MFaktor” loyihalari asoschilari);

-         Murod Nazarov (“Murad Buildings”, “Nest One”, “NRG” kompaniyalari asoschisi);

-         Feruz Allayev (“Asaxiy.uz” internet do‘koni asoschisi);

-         Laziz Adhamov (“SAP” xalqaro kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori);

-         Nigora Akilova (“Beautify.uz” loyihasi asoschisi);

-         Sherzod Beknazarov (“Yaskanamu”, “Alvon” brendlari asoschisi);

-         Nilufar Anvarovna (“ZMB” universal academy asoschisi);

-         Shohrux Jo‘rayev (“Amazon” kompaniyasining Yevropa, o‘rta sharq va Afrika bo‘yicha moliya direktori) spiker sifatida ishtirok etishdi.

Loyiha davomida yoshlar tajribali tadbirkorlar va biznes ekspertlardan o‘zlarini qiynayotgan va qiziqtirayotgan turli sohalarga oid muammo va savollariga qimmatli maslahatlar, muammolariga yechimlar olishdi.

Tadbirlarda ishtirok etgan yoshlarga biznesga oid “Besseller” bosma kitoblar hamda mazkur kitoblarning mobil ilova orqali elektron va audio shaklda bepul o‘qish imkoniyatlari taqdim etildi.

Mazkur loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar telegramda @biznesmarafon_bot boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ko‘proq yangiliklar: