Abduqodir Husanov «MYu»ga qarshi o‘yin uchun «Lans» tarkibidan joy oldi
Fransiyaning «Lans» klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.

Foto: Getty Images
5 avgust, shanba kuni «Old Trafford»da o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini uchun Fransiya klubining tarkibi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, lansliklar bosh murabbiyi Frank Ez Abduqodir Husanovni ham Manchesterga yo‘l olgan 22 futbolchidan iborat tarkibga kiritgan. O‘zbekistonlik 19 yoshli himoyachi «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
O‘tgan haftada «Lans» o‘yinchisiga aylangan Husanov bungacha jamoasining «Volfsburg» (1:1) va «Torino»ga (0:0) qarshi o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushgandi.
Ma’lumot uchun, «Lans»ga qarshi o‘yin «MYu» uchun kelasi hafta start oladigan Premer-liga yangi mavsumi oldidan «Old Trafford»da o‘tkazayotgan birinchi o‘yin sanaladi. O‘rtoqlik bahsi soat 5 avgust, shanba kuni soat 16:45da boshlanadi.
Mavzuga oid

21:50 / 06.03.2025
Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi

15:21 / 02.03.2025
Gvardiola: «Husanov sotib olinganidan juda ham minnatdorman»

16:34 / 28.02.2025
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da oy laureati bo‘lishga da’vogar

14:27 / 27.02.2025