Xitoy kompaniyasi Andijon viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini quradi 

Jamiyat 21:56 / 03.08.2023 10310

Xitoyning PowerChina kompaniyasi Andijon viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini quradi. Bu haqdagi memorandum may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif doirasida imzolangan edi. 

Shunga asosan, 31 iyul kuni Energetika vazirligi, Andijon viloyati hokimiyati va PowerChina kompaniyasi o‘rtasida loyihani amalga oshirish shartlarini belgilovchi shartnoma imzolandi. 

Mazkur shartnomaga muvofiq quyidagi ishlar ro‘yobga chiqariladi: 

- sentabr oyida qurilish ishlari boshlanishi, quyosh fotoelektr stansiyasining dastlabki 100 MVt quvvati 2024 yil 1 aprelga qadar va to‘liq quvvati 2024 yil 30 noyabrga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan; 

- stansiya ishga tushgandan so‘ng yiliga 700 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 212 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 294 ming tonna zararli issiqxona gazlarining chiqishi oldi olinadi. 

Loyiha uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda foydalanilmaydigan yer maydonlari tanlangan. 

Ma’lumot uchun, PowerChina bugungi kunga qadar umumiy 200 GVt quvvatga ega loyihalarni amalga oshirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: