Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘inda 13 ta xonadon yonib ketdi

Jamiyat 20:14 / 03.08.2023 15555

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda 13 ta uy yonib ketgan. Xonadonlardan birida chiqqan olov shamol esib turgani sababli bir-biriga tutash qilib qurilgan uylarga o‘tib ketgan.

Hodisa 2023 yil 28 iyul kuni shaharning Xo‘ja Doniyor mahallasida sodir bo‘lgan va olov o‘t o‘chiruvchilar hamda mahalla ahli yordami bilan o‘chirilgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun, 3 avgust kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat mas’ullari bilan birgalikda yong‘in sodir bo‘lgan Xo‘ja Doniyor mahallasiga borgan.

Odamlar bilan uchrashuv paytida viloyat hokimi hech bir xonadon e’tibordan chetda qolmasligini, yong‘indan jabrlangan xonadonlarning har biriga pul mablag‘lari va qurilish ashyolari ko‘rinishida yordam berilishini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, yong‘in kunduz kuni sodir bo‘lgani uchun hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 29 iyul kuni Farg‘ona shahrida joylashgan 4 qavatli binoning yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in yuz bergan va 6 kishi halok bo‘lgandi.

2023 yil 1 avgust kuni Buxoro shahrida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lgan va 23 ta savdo do‘koni yonib ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: