Onlayn qabul, kamaytirilgan qiyin savollar – pandemiya vaqtida kirish imtihonlari qanday o‘tgandi?

Jamiyat 16:10 / 03.08.2023 10041

2020 yil butun dunyo uchun xavotirli va ehtiyotkor yil bo‘lgandi. Millionlab odam kasallik yuqtirib, minglab odam shu sabab vafot etgan, tashkilotlar onlayn ishlashga, ta’lim muassasalari esa onlayn o‘qishga o‘tgandi. O‘zbekistonda ham bu qoidalar amalga kiritilgan bo‘lib, jamaot xavfsizligi qoidalari qat’iy, ko‘pchilik bir joyda to‘planishi, zarurat bo‘lmagan holatda hatto ko‘chaga chiqish ham taqiqlangandi.

2020 yilgi abituriyentlar shunday sharoitda imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, 2 ta fandan imtihon topshirishgan.

Onlayn qabulning boshlanishi

2020 yilda ham qabul 20 iyundan 20 iyulgacha onlayn tarzda o‘tkazilgan. Ayni shu yildan boshlab OTMga hujjat topshirish to‘laligicha onlayn tizimga o‘tkazildi. Undan oldingi 2019 yilda ham abituriyentlar OTMda navbatda turib hujjat topshirgan.

Faqatgina fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga OTMda hujjat topshirishga ruxsat berilgandi.

Abituriyentlarni imtihonga tayyorlaydigan o‘quv markazlari ham karantinga yopilgani bois bir muddat “Onlayn maktab” telekanalida (maktab darslari onlayn o‘tilgan kanal) “Onlayn repetitor” loyihasi ham amalga oshirilgandi.

Qiyin savollar kamaytirilgan

2020 yilgi imtihonda abituriyentlar uchun bitta fandan tushadigan 6 ta murakkab darajadagi savol 3 taga kamaytirilgandi.

o‘sha paytdagi bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev qabulga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Imtihonga tayyorgarlik

Imtihonga tayyorgarlik davrida tegishli tashkilotlar test kunlari karantin qoidalariga to‘la rioya etilishini, imtihon ochiq hududlarda 2 smenada o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Imtihonga tayyorgarlik jarayoni

Har bir abituriyent uchun kamida 3 metr kvadrat joy ajratilgan. Ota-onalar va abituriyentlarning yaqinlari uchun kutish joylari tashkillashtirilmagan.

Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar imtihonga qo‘yilmagan. Ular uchun imtihonlar to‘liq yakunlanganining to‘rtinchi kunida alohida sinovlar tashkillashtirilishi belgilangandi.

Imtihonlar bo‘lib o‘tishidan oldin bu yilgi qabul testi onlayn bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Karantin davridagi qabulda 1,4 mln abituriyent OTMga hujjat topshirgan. Bu – yaqin 8 yillik tarixdagi eng katta raqam.

Kirish imtihonlari 2 sentabrdan boshlab 2 hafta davomida o‘tkazilgandi.

2020 yilgi imtihonga tayyorlanayotgan ochiq maydonlar

Ayni shu 2020 yilgi imtihondan boshlab to 2022 yilgacha imtihonlar ochiq stadionlarda o‘tdi. Faqatgina 2023 yildan boshlab koronavirus unutila boshlangach yana yopiq binolarda imtihon o‘tkazish tizimiga qaytildi.

2020 yilda pandemiya sabab mutaxassislik blokidagi faqat birinchi fani ijodiy imtihon bo‘lgan 7 mingdan oshiq abituriyent ijodiy imtihon o‘rniga test topshirgan.

2 ta fandan 60 ta savol uchun abituriyentlarga jami 3 soat vaqt ajratilgan. (Hozir 90 ta savol uchun 3 soat vaqt beriladi.) 

Testga tayyorlanayotgan hududlar

Pandemiya bo‘lgani bois imtihonni o‘tkazishga qattiq talablar qo‘yilganini Andijon viloyatida imtihon repetitsiya qilib ko‘rilganidan ham bilish mumkin.

Imtihon repetitsiya jarayoni, 2020 yil Andijon.
Imtihon repetitsiya jarayoni, 2020 yil Andijon.

Sentyabrda o‘tgan imtihon

Imtihonda abituriyentlarga tibbiy niqob va qo‘lqoplar tarqatilgan, ochiq havoda bo‘lsa ham niqob taqilishi talab qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: