Harbiy texnika ishlab chiqishga qanday talablar borligi aniqlashtirildi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizom quyidagi faoliyatlar uchun litsenziyalarni olish tartibini belgilaydi:
qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun;
bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun.
Hujjatga muvofiq:
- litsenziyalovchi organ etib Mudofaa sanoati agentligi belgilangan;
- litsenziya olish uchun ariza beruvchi-yuridik shaxs tegishli hujjatlar to‘plamini agentlikka Davlat feldʼegerlik xizmati orqali yuborishi lozim;
- arizani ko‘rib chiqish muddati – 20 kun, ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori – BHMning 2 baravari, litsenziyani berish uchun – BHMning 5 baravari;
- hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda agentlik komissiyasi litsenziya berish haqida qaror qabul qiladi;
- litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Mavzuga oid

15:16 / 06.03.2025
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi

14:47 / 25.02.2025
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

16:06 / 13.01.2025