Mirabad Avenue O‘zbekistondagi birinchi restoran va kafelar xiyobonini taqdim etadi

Jamiyat 16:56 / 01.08.2023 14358

Faqat umumiy ovqatlanish korxonalaridan iborat ko‘chaning uzunligi 450 metrni tashkil qiladi. Bu yerda eng yaxshi xorijiy muassasa va jahon franshizalari o‘z eshiklarini ochadi.

Mirabad Avenue — Toshkentning qoq markazida joylashgan premium toifadagi rezidensiya. 6 gektar maydonda aholining maksimal qulayligi uchun hamma narsa, jumladan, rivojlangan infratuzilma mavjud.

Turar joyning birinchi bosqichi to‘liq xarid qilish xiyoboniga bag‘ishlangan bo‘lib, Glamour Avenue, Podium va New Millennium multibrendli butiklari, shuningdek, Valentino, Brunello Cucinelli, Dolce & Gabanna, Balmain va boshqa ko‘plab mono-brend hashamatli butiklari joylashgan.

Rezidensiya aholisi va mehmonlari uchun uchinchi bosqichda 32 tagacha muassasadan iborat restoran va kafelar xiyoboni joylashgan. Bu yerda faqat eng yaxshi xorijiy loyihalar va global franshizalari taqdim etiladi. Bularning barchasi Mirabad Avenue aholisi uchun piyoda masofada!

15 iyul kuni rezidensiya hududidagi birinchi muassasa — fransuz restorani Michele Café Boutique'ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tez orada quyidagilar xiyobonda o‘z eshiklarini ochadi:

- Fransuz Paul tarmog‘ining kafe-novvoyxonasi;

- mashhur restavrator Aleksandr Orlovning muassasalari — «Takaxuli» gruzin neobistrosi va «Xoroshaya devochka» restorani;

- Britaniyaning Morelli’s franshizasi muzqaymoq do‘koni;

- BAAning yetakchi Aiza Hospitality restoran holdingining ikkita loyihasi — Dubaydagi mashhur Saya Brasserie tarmog‘ining filiali, shuningdek, italyan restorani va Cheeseria pishloq do‘koni;

- Yann Couvreur fransuz qandolat butigi;

- ko‘plab toshkentliklar tomonidan sevimliga aylangan Benedict kafesining yangi filiali.

Yangi hamkorlar haqida tez orada Mirabad Avenue'ning Instagram (instagram.com/mirabad_avenue) va Facebook (facebook.com/mirabad.avenue)dagi sahifalarida e’lon qilinadi — qarorgoh yangiliklaridan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling.

Hozir Mirabad Avenue restoratorlarni hamkorlikka taklif qiladi. Agar siz franshiza loyihasini ishga tushirishni rejalashtirayotgan va O‘zbekistonda ideal joy izlayotgan bo‘lsangiz, u holda Mirabad Avenue rezidensiyasi eng yaxshi yechim bo‘ladi. Ushbu videoni tomosha qilish orqali tijorat binolarining barcha afzalliklari haqida bilib olasiz.

Mirabad Avenue biznesingiz uchun ideal joy!

Hamkorlik bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiling: +998 90 133 11 11

Savdo ofisining manzili: Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, «D» blok.

Instagram: mirabad_avenue

Facebook: mirabad.avenue

Telegram: t.me/mirabad_avenue

Sayt: mirabad.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: