Surxondaryoda qiz farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota ushlandi 

Jamiyat 21:27 / 31.07.2023 19052

Surxondaryoning Angor tumanida qiz farzandini 35 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ota ushlandi. 

Qayd qilinishicha, 1969 yilda tug‘ilgan I.Z. o‘zining shar’iy nikoh asosida 2019 yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i X.S. dan tug‘ilgan bir necha kunlik chaqalog‘ini 35 mln so‘mga sotishga qaror qilgan. 

Viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I.Z. o‘zining yashash uyida D. ismli shaxsdan kimyoviy ishlov berilgan 1400 dollar hamda 10 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.  

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: