Farg‘onadagi yong‘inda halok bo‘lganlar oilasiga 10 mln so‘mdan beriladi 

Jamiyat 21:58 / 31.07.2023 14883

Farg‘ona shahrida joylashgan karaoke-kafeda yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar oilasiga moddiy yordam ajratiladi. UzReport xabariga ko‘ra, 4 nafar marhumning oilasiga 10 million so‘mdan beriladi. 

Qayd qilinishicha, Begzod Usuvaliyev, Muhammadmuso Ibragimov, Hojiakbar Shaxobiddinov hamda Qizlarxon Jumaboyeva oilasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasida shakllangan pul mablag‘lari hisobidan har bir oilaga bir martalik 10 million so‘m miqdorida pul mablag‘i ajratiladi. Marhumlarning barchasi 2005 yilda tug‘ilgan. 

Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: