Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda o‘quvchi qizlarni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan Damas haydovchisi 6 yilga qamaldi
Shuningdek, qoidabuzar 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi 24 iyul kuni may oyida 2 nafar o‘quvchi qizni urib yuborgan Damas haydovchisiga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Zametka.uz nashri xabar bergan.

15 may kuni ertalab 19 yashar haydovchi piyodalar uchun ajratilgan maxsus yo‘lakdan yo‘lni kesib o‘tayotgan 14 yoshli 2 nafar maktab o‘quvchisini urib yuborgandi. YTHga Damas haydovchisining svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanishi sabab bo‘lgandi.
Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, YTHda jabrlangan qizlarning biri 23 may kuni vafot etgan. Damas urib yuborgan boshqa bir o‘quvchi qizning ahvoli hayot uchun xavfli bo‘lmagan darajada jarohat olgani uchun tirik qolgan. Ishni nazoratga olgan Bosh prokuratura holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.

Sud-tibbiyot ekspertizasi davomida qizlarning birida bosh suyagi yopiq jarohati, bosh miyaning 1-2 darajali chayqalishi, teri osti gematomalari, o‘ng tizza bo‘g‘imi sohasida yirtilgan jarohatlar borligi aniqlangan. Bunday jarohatlar o‘rtacha jarohatlar deb tasniflanadi.
Ikkinchi jabrlanuvchida esa bosh suyagi ochiq jarohati, bosh suyagi asosi sinishi, miyaga qon quyilishi, qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi, tos suyagi o‘ng tomonining sinishi, bosh miya shishi, butun tana bo‘ylab ko‘karish va gematomalar aniqlangan. Bunday jarohatlar og‘ir jarohatlar deb tasniflanadi, buning natijasida maktab o‘quvchisi YTHdan to‘qqiz kun o‘tib shifoxonada vafot etgan.

“Sud-avtotexnika ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Damas haydovchisi Yo‘l harakati qoidalariga, xususan, svetoforning taqiqlovchi chirog‘i, yo‘l belgilari va chiziqlariga rioya qilgan holda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyatga ega bo‘lgan”, — deb yozadi nashr.
Sudda ayblanuvchi aybini tan olgan. Uning aybi jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakillari ko‘rsatmalari, ayblanuvchining iqrori, videomateriallar hamda sud-tibbiyot va sud-avtotexnika ekspertizalari xulosalari bilan tasdiqlangan.

Sud Damas haydovchisi yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzgan va buning natijasida bir insonning o‘limiga, ikkinchisining jarohatlanishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan deb topgan.

Sud qoidabuzar haydovchini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, uni 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qildi. Bundan tashqari, sudlanuvchi 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni manzil-koloniyada o‘tashi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025