Abduqodir Mo‘minov ustidan sud boshlandi
Ish ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda, unda OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Mo‘minov Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha ayblanyapti. Ish doirasida 14 nafar jabrlanuvchi bor.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Bugun, 25 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ilk sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
1990 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, “Oynaga qarang” MChJ rahbari Abduqodir Mo‘minov Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblanmoqda:
- 141-1-modda (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi «a », «b» bandlari;
- 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi;
- 168-modda (Firibgarlik) 3-qismi «b», «v» bandlari, 4-qismi «a» bandi;
- 189-modda (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi;
- 28-211-modda (Pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi «a» bandi.

Bu ishni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi raisi Sardorbek Sodiqov ko‘rib chiqadi.
“Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi”, deyiladi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov tomonidan berilgan rasmiy axborotda.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Bloger 2023 yilning 8 fevralida hibsga olingandi. Toshkent shahar IIBB Abduqodir Mo‘minovni internetda video tarqatish orqali jinoyat ishini hal qilib berish uchun 10 ming dollar so‘rab, shundan 3800 dollarini olganlikda, boshqa bir holatda esa sahifasida tanqidiy videoni chiqarmaslik evaziga 70 ming dollar so‘raganlikda ayblagan edi.

Mavzuga oid

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

11:16 / 02.03.2025
Uchta hududda imtiyozli kredit olib berishini aytib odamlarning pullarini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

10:12 / 28.02.2025
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

20:44 / 27.02.2025