Bolgariya va O‘zbekiston o‘rtasida charter reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonning Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya elchisi Atanas Kristin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Madaniyat va turizm vazirligi
Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, unda O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar muloqot davomida Bolgariyadan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish, mamlakat sayyohlik salohiyatini Bolgariya OAV orqali targ‘ib qilish masalalari xususida fikr almashdi.
Bolgariya va O‘zbekiston o‘rtasida charter reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda ushbu mamlakatning turizm yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlovchi universitetlarining «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

10:08 / 01.01.2025
Bolgariya va Ruminiya Shengen zonasining to‘laqonli a’zosiga aylandi

23:26 / 10.12.2024
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi

12:50 / 28.10.2024