Abduqodir Husanov «Lans» futbolchisiga aylandi
O‘zbekiston yoshlar va milliy jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Foto: O‘FA
O‘FA va «Energetik-BGU» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi va Belarus klubi himoyachisining «Lans» klubi a’zosiga aylanganini tasdiqladi. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, Abduqodir Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, «Lans» klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzgan. O‘zbekistonlik himoyachi fransuz klubida 25-raqam ostida o‘ynaydi.
Lansliklar yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida «PSJ»dan (85) bir ochko kam (84) jamg‘arib, 2-o‘rinni egallagan holda yangi mavsumdan Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Avvalroq, O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U20) safida Osiyo chempioni bo‘lgan va Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi JCh-2023da ishtirok etgan Abduqodir Husanovning o‘yinlari yevropalik skautlar tomonidan kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum Minsk klubi safida 8 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy jamoasi safida CAFA Nations Cup-2023 bahslarida debyutini o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Yevropa kuchli beshlik chempionatlaridagi o‘zbekistonlik yagona futbolchi Eldor Shomurodov edi. Husanov bu borada ikkinchi o‘yinchiga aylandi.
Mavzuga oid

21:50 / 06.03.2025
Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi

15:21 / 02.03.2025
Gvardiola: «Husanov sotib olinganidan juda ham minnatdorman»

16:34 / 28.02.2025
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da oy laureati bo‘lishga da’vogar

14:27 / 27.02.2025