O‘zbekiston | 18:20 / 14.07.2023
3836
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi 32 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatishni boshladi

Unda shahar ma’muriyati yo‘lovchi tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi va sifatidan kelib chiqib, to‘lovlarni amalga oshiradi.

Foto: KUN.UZ

Prezident qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangan.

Shu sababli, 2023 yil iyul oyidan boshlab, «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 8, 9t, 17t, 20, 39, 41, 43, 45, 52, 55, 61, 63, 68, 73, 82, 86, 98, 101, 104, 116, 125, 129, 130, 133, 138, 140, 146, 151, 153, 154, 181, 183-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi.

Brutto-shartnoma — yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar budjetining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va shahar ma’muriyati yo‘lovchi tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi va sifatidan kelib chiqib, to‘lovlarni amalga oshiradi.

Mavzuga oid