Toshkentda eng ko‘p yo‘lovchi tashilgan avtobus yo‘nalishi ma’lum qilindi
“Toshshahartransxizmat” poytaxtda yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanuvchi avtobus yo‘nalishlarini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar sonini ochiqladi (1-30 iyun holatiga ko‘ra).
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 8-sonli yo‘nalish - 308 905
2. 93-sonli yo‘nalish - 302 608
3. 24-sonli yo‘nalish - 269 060
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 146-sonli yo‘nalish - 5 509
2. 141-sonli yo‘nalish - 5 565
3. 29-sonli yo‘nalish - 5 854
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 888 700
2. Isuzu - 1 148 172
3. Man - 2 949 724
4. Saz LE 60 - 2 103 649
5. Yutong - 1 493 613
6. King Long - 2 490 096
7. elektrobus - 3 377 175
153 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 14 451 129.