Toshkent xalqaro ta’lim universiteti: ta’limga yangicha yondashuv va kelajak mutaxassislari tayyorlashning zamonaviy ko‘rinishi

Jamiyat 20:44 / 13.07.2023 8937

Toshkent xalqaro ta’lim universiteti (Tashkent International University of Education) 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan va litsenziya jarayonidan o‘tgan oliy o‘quv yurti bo‘lib, Britaniya ta’lim va o‘zi ishlab chiqqan dasturlar asosida xalqaro bakalavriat dasturlarini taqdim etadi.

TIUE ta’lim sohasida va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ilk xususiy xalqaro universitetlardan biridir.

Universitetning maqsadi — ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilariga kashfiyotlar qilish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, innovatsiyalar, ijodkorlikni, tadqiqot va tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan bilim, ko‘nikmalar va qadriyatlarni saqlash va tarqatish imkonini beradigan amaliy o‘quv muhitini yaratishdan iborat.

Universitet novator, tadbirkor va ijodkorlar sifatiga va ko‘nikmalariga ega bitiruvchilarni tayyorlaydi, ambitsiyali, iqtidorli va g‘ayratli yoshlarni birlashtiradi. Universitetning tajribali professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa talabalar va bitiruvchilarning tanlagan kasbini yanada takomillashtirish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarini almashib, sifatli ta’lim beradi.

Universitetda xalqaro miqyosda ta’lim berish uchun barcha zarur infratuzilma, jumladan, o‘z binosi mavjud. Universitetda bugungi kunga qadar International Foundation dasturi hamda Axborot texnologiyalari, biznes boshqaruvi, ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat dasturlari uch tilda (ingliz, o‘zbek va rus) mavjud:

• Uch (3) yillik dastur: TIUE universitetining mahalliy diplomi bilan o‘zbek va rus tillarida.

• Mahalliy TIUE diplomi va xalqaro OTHM diplomi (Buyuk Britaniya) bilan ingliz tilidagi to‘rt (4) yillik dastur. Universitet OTHM Qualifications (Buyuk Britaniya), Porsmut universiteti (Buyuk Britaniya), Dongshin Universiteti (Koreya Respublikasi), MDIS Singapur, Kolej MDIS Malaysia, Akfa University, Amity University va boshqa muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

OTHM malakasi Angliyadagi Ofqual (Malaka va imtihonlar reglamenti idorasi) tomonidan tasdiqlangan va tartibga solingan va Uels malakaviy sertifikati tomonidan tan olingan. OTHM diplomi Buyuk Britaniyadagi ma’lum universitetlardagi ta’limni keyingi tegishli ta’lim kursiga — 1-kurs, bakalavriat va magistratura dasturlariga o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Toshkent xalqaro ta’lim universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun uchta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’limini taklif etadi:

• Axborot texnologiyalari

• Biznes boshqaruvi

• Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish

O‘quv jarayoni kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda tashkil etilgan.

Axborot texnologiyalari:

Ushbu dastur o‘z kasbiy faoliyatini axborot texnologiyalari bilan bog‘lashni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan. Dastur doirasida talabalarga axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, ko‘p komponentli IT-kompaniyalarda yuqori natijaga erishish uchun yordam beradigan chuqur bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatini taklif etiladi.

Axborot texnologiyalari dasturi talabalarga dasturlash, tizimli tahlil va dizayn, veb va multimedia ilovalarini ishlab chiqish, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va hokazolar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun mukammal asos yaratadi.

Ushbu ta’lim yo‘nalishi yetakchilik qobiliyatlarini, tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirish, mas’uliyatni rivojlantirish, mantiqiy, tahliliy va tanqidiy fikrlash, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, dastur zamonaviy dunyoga tez moslashish va o‘zgarishlarga tayyor o‘z biznes loyihalarini boshlash uchun ko‘nikma va malakalarni oshirishni nazarda tutadi.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash talabalarga axborot texnologiyalari sohasida o‘qishni davom ettirish yoki AKT sohasida ishlash imkoniyatini beradi.

 

Biznes boshqaruvi:

Mazkur yo‘nalishdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari zamonaviy nufuzli tadbirkorlik kasblari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Malaka xususiy va davlat sektorlarida ish boshlagan yoki boshlashni rejalashtirganlar uchun mo‘ljallangan.

O‘quv dasturi talabalarda biznes-jarayonlarni samarali tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli kompetensiyalarni rivojlantiradi, bunda biznes aloqalarini boshqarish, xodimlar, IT-loyihalar, tashkilotlarning operatsion, moliyaviy va marketing faoliyati, shuningdek, mahalliy va biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi.

Dasturning asosiy maqsadi mustaqil qaror qabul qilishga qodir, menejment va biznesning barqaror rivojlanishini to‘g‘ri tushunadigan, o‘ziga ishongan yosh tadbirkorlarni tarbiyalash, shuningdek, tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlaydigan kelajak yetakchilarini tayyorlashdan iborat.

Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish:P

Bu O‘zbekistondagi ushbu yo‘nalishdagi birinchi dastur bo‘lib, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida menejment yo‘nalishi bo‘yicha boshqaruv, pedagogik, shuningdek, uslubiy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.

Bu yo‘nalish ta’lim sohasida ham nazariy, ham amaliy bilimlar berishni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish, ta’lim maqsadlarini aniqlash, samarali ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Dastur IT texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv ta’lim muhitini yaratishni nazarda tutadi, bu esa o‘quvchilarga inklyuziv texnologiyalarni joriy etish zaruriyatini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini boshqarish, o‘quv jarayonlarini rejalashtirish, o‘quv materiallarini tayyorlash, ta’lim tizimlarini boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkonini beradi va STEAM ta’limini rivojlantirishga ko‘mak beradi.

Dastur shuningdek, raqamli innovatsiyalarga e’tibor qaratadi, bu esa bitiruvchilarga elektron ta’lim muhitida va/yoki innovatsiyalarni boshqarishda ta’lim muassasalari tuzilmalari va bo‘linmalarida metodist yoki ma’mur sifatida ishlash uchun tanqidiy fikrlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

• Axborot texnologiyalari (o‘zbek va rus dasturlari uchun to‘lov puli 18,0 mln so‘mni tashkil etadi, ingliz tili uchun — 25,0 mln so‘m)

• Biznes boshqaruvi (o‘zbek va rus dasturlari uchun to‘lov puli 18,0 mln so‘mni tashkil etadi, ingliz tili uchun — 25,0 mln so‘m)

Ko‘proq yangiliklar: