2023 yil 7 iyun kuni GWM va “ADM Jizzakh” MChJ o‘rtasida avtomobil yig‘ish sohasida hamkorlik shartnomasi imzolanib, ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor yaratildi.
GWM Eurasia prezidenti Djan Djunsyu va Yevrosiyo mintaqasi biznesni rivojlantirish direktori Tian Lili boshchiligidagi Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi Jizzax viloyatida joylashgan ADM Jizzakh avtomobil yig‘ish maydonchasiga tashrif buyurib, avtomobil zavodining hozirgi ishlab chiqarish quvvati, to‘liq quvvati bilan va loyihani mahalliylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Jizzax viloyati hokimi Soliyev Ergash Alibekovich bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda Xitoy tomoniga O‘zbekiston Respublikasi va Jizzax viloyatining sarmoyaviy salohiyati, xususan, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi. Hokim “ADM Jizzakh” MChJ ishonchli hamkor ekanligini alohida ta’kidlab, O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning avtomobilsozlik sohasiga qiziqishi ortib borayotganidan xursandligini alohida ta’kidladi.
Xitoylik hamkorlar o‘z navbatida, ushbu loyihaning O‘zbekistonda Great Wall Motors avtomobillarini ishlab chiqarishni kengaytirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Djan Djunsyuning so‘zlariga ko‘ra, ADM Jizzakh bilan uzoq muddatli hamkorlik yangi texnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha ish o‘rinlari bilan ta’minlash va avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish bazasini yaratish va avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkonini beradi.
HAVAL brendi ostidagi avtomobillarni yig‘ish 2023 yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan. HAVAL O‘zbekiston bozoriga Jolion, M6, H6 va Dargo modellarining yangi avlodini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Kelajakda modellar qatori kengaytirilib, elektromobillar va gibrid avtomobillar ham kiritiladi.
Telefon: (+998) 71−202−69−99.
Instagram:@admjizzakh
YouTube: ADMJizzakh
Reklama