Andijon viloyati Xonobod shahrida 18–20 iyul kunlari «Dunyo sadolari» xalqaro milliy estrada san’ati festivali o‘tkaziladi.
Unda Chexiya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Serbiya, Gruziya, Boshqirdiston, Qozog‘iston, Gretsiya, Tojikiston va yana bir nechta davlatdan 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.
Qayd etilishicha, festival doirasida 14 iyul kuni Xonobod shahridagi yoshlar markazida estrada yo‘nalishida qatnashish istagida bo‘lganlar uchun tanlov bo‘lib o‘tadi. Tanlovda saralab olingan ishtirokchilar festivalning asosiy qismlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan kelgan badiiy jamoalar (400 nafar ishtirokchi) 3 kun davomida yig‘ilganlar uchun konsert dasturlarini namoyish etadi.