Toshkentda yangi qurilayotgan binoning lift shaxtasida yong‘in sodir bo‘ldi
Mirobod tumanida yangi qurilayotgan 14-qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Bugun, 11 iyul kuni soat 22:29 da Toshkent shahar Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan va soat 23:06 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa oqibatida 15 kvadrat metr maydon yonib zararlangan.
Mavzuga oid

15:37
Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

16:46 / 12.03.2025
Toshkentdagi ko‘pqavatli uyda odamlar liftda qamalib qoldi

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025