Aholi va tadbirkorlarning valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlar keskin oshgan

Iqtisodiyot 17:48 / 12.07.2023 33405

Markaziy bank iyun oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha malumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 0,4 foiz bandga pasayib, 13,3 foizni tashkil qilgan.

Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursi o‘zgarishi (50 foiz);
  • ish haqi va nafaqalarning oshishi (40 foiz);
  • bozorlarda monopoliyaning mavjudligi (38 foiz);
  • narxlarning sun’iy oshirilishi (34 foiz).

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

Iyun oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 13,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.

Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursining o‘zgarishi (55 foiz);
  • ish haqi va nafaqalarning oshishi (39 foiz);
  • yoqilg‘i mahsulotlari va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi (32 foiz).
Foto: Markaziy bank

Shuningdek, iyun oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,9 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 17 foiz, Buxoro – 13,5 foiz, va Samarqand viloyatida 13,3 – foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 10,7 foiz, Jizzax – 11 foiz va Surxondaryo viloyatida – 11,7 foiz sezilgan. 

Iste’molchilar tomonidan narxlari yuqori o‘sganligi qayd etilgan tovar va xizmatlar:

  • shakar va qandolat mahsulotlari – 37,1 foiz (jami respondentlarning ulushida)
  • go‘sht va sut mahsulotlari – 33,4 foiz;
  • qurilish mollari – 33,1 foiz;
  • dorilar – 24,1 foiz.
Foto: Markaziy bank
Ko‘proq yangiliklar: