Muloqot avvalida vengriyalik hamkorlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi bugungi yig‘im-terim ishlariga qiziqishini bildirdi. Shundan so‘ng kompaniya vazirlikka mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish shartlari, qiymati va ular ko‘rsatilgan yozma taklifni yaqin kunlarda kiritish niyatida ekanini bildirdi.
Muloqot chog‘ida, avgust oyi oxiriga qadar loyiha doirasida ishchi guruh shakllantirilib, har ikki tomondan aniq vakillar biriktirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.
Bonafarm Group kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vengriyadagi chorvachilik, sut, parrandachilik sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik agro-oziq-ovqat guruhidir.
Ushbu yirik kompaniyaning aylanmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyada 8400 dan ortiq xodim va mutaxassislar mehnat qilmoqda.