Toshkentda kanalizatsiya chuquri o‘pirilishi oqibatida tuproq ostida qolib ketgan fuqaro qutqarildi
Kecha, 9 iyul kuni soat 19:13 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida fuqaroning tuproq ostida qolib ketgani bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Foto: FVB axborot xizmati
Qayd etilishicha, uy egalari tomonidan kanalizatsiya quvurini ta’mirlash maqsadida qazilgan chuqur o‘pirilgan hamda bir fuqaro tuproq ostida qolgan.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi.
Mavzuga oid

09:56 / 06.01.2025
Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

08:10 / 05.11.2024
Toshkentda fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi

14:34 / 03.10.2024
Toshkent viloyatida chuqurga tushib ketgan odam chiqarib olindi

07:40 / 22.06.2024