Korzinka Go: Korzinkadan yetkazuv bo‘yicha yangi ilova bilan tanishamiz

Jamiyat 18:50 / 27.06.2023 16562

O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i – “Korzinka” o‘z onlayn-supermarketini “Korzinka Go” nomi bilan yangi brend ostida taqdim etishini e’lon qildi. Xizmat oziq-ovqat mahsulotlari va uy uchun tovarlarning keng assortimentini, shuningdek, ikki soat ichida tezkor yetkazib berish imkonini taklif etadi.

Korzinka Go ilovasi ishga tushirilgani munosabati bilan xizmatning barcha foydalanuvchilariga ilk buyurtma uchun 10% miqdorida chegirma va uch bepul buyurtma imkoni taqdim etiladi. Onlayn-supermarketning yetkazuv xizmati hozircha Toshkent shahrida mavjud, lekin uni boshqa shaharlarda ham ishga tushirish rejalashtirilgan.

Biroz tarix

Iste’mol mahsulotlarini yetkazib berish xizmati O‘zbekistonda 2005 yilda boshlangan va u aynan “Korzinka” tomonidan amalga oshirilgan. Dastavval Anglesey Food nomida faoliyat boshlagan supermarketlar tarmog‘i shu yilning o‘zida rebrendingni amalga oshirib, korzinka.uz nomi bilan onlayn-yetkazuv xizmatini yo‘lga qo‘ygan.

2017 yilda xizmat Lebazar autsors xizmatiga topshirilgan. 2022 yilda esa “Korzinka” kompaniyani sotib oldi va xizmatni yangilash, takomillashtirish ishlarini boshladi.

— Yurtimizda chakana savdo (riteyl) va onlayn-yetkazuv sohasida birinchilardan bo‘lib faoliyat boshlagan kompaniya sifatida biz Korzinka Go onlayn supermarketini xaridorlarimizga taqdim etishdan bag‘oyat xursandmiz.

Bizning asosiy maqsadimiz — "odatdagidan yaxshi" tamoyiliga rioya qilgan holda, oziq-ovqat xaridini yanada qulay qilish. Bu maqsadga erishganimiz esa sinov va xatoliklar, ko‘plab tajribalar natijasidir, — deydi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

Korzinka Go ilovasida nimalar bor?

 Korzinka Go xizmatida ro‘zg‘oringiz uchun zarur oziq-ovqatlar, uy uchun kerakli tovarlarning katta, oson tanlov imkoniyati taqdim etilgan va ikki soat ichida tezkor yetkazuv ham mavjud.

 Ilovada, shuningdek:

 • real vaqt tartibida yetkazuvchining harakatlanishini qulay qidiruv va xaritadan kuzatish mumkin;

• bo‘limlardagi suratlar Midjourney sun’iy idrok dasturi yordamida shakllantirilgan;

Eng ahamiyatlisi, Korzinka Go’da “Korzinka” supermarketlarining sifat standartlari to‘la amal qiladi, xizmat va tovarlar uchun kafolat mavjud.

 Korzinka Plus’da (Korzinka karta dasturi) ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamingizni Korzinka Go’ga biriktirib, karta dasturining barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz ham mumkin.

— Hayot tarzi tezlashib borgani sari, hatto ba’zan vaqt topib do‘konga chiqib kelishga ham imkon bo‘lmay qoladi. Bugun biz mijozlarimizga bu vaqtni muhimroq va yoqimli narsalarga bo‘shatish imkoniyatini berishdan mamnunmiz: oila bilan muloqot, dam olish yoki o‘qish uchun. Raqamli tajribaning zamini eng yaxshi texnologiyalardan foydalanish, mijozlarning fikr-mulohazalariga e’tibor qaratish va har kuni sevib iste’mol qilinadigan mahsulotni yaratishga bag‘ishlangan professionallar jamoasi orqali erishiladi, — deya ta’kidlaydi Korzinka Go rahbari Konstantin Nechayev.

 Bu “Korzinka”dan hali hammasi emas — kompaniya O‘zbekistondagi birinchi, to‘liq tarzda ishlovchi dark-store (ombor-do‘kon) ishga tushirilishini e’lon qildi. Dark-store mamlakatdagi eng katta taklif — 15 ming turdagi tovarlarga mo‘ljallangan va muntazam kengayib boradi.

Korzinka Go ilovasini bu yerdan yuklab olish mumkin: Link

Korzinka Go onlayn-supermarketining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling:

 Instagram: instagram.com/korzinkago

Telegram: t.me/KorzinkaGo

“Korzinka” bilan bog‘liq so‘nggi muhim yangiliklarni esa kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin:

 O‘zbek tilidagi Telegram-kanal: t.me/korzinkauzb

Rus tilidagi Telegram-kanal: t.me/korzinkauz

Instagram sahifasi: instagram.com/korzinkauz

Facebook sahifasi: fb.com/korzinkauz

Kompaniya sayti: korzinka.uz

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: