Xitoyning Syamin portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi 

Iqtisodiyot 19:17 / 26.06.2023 28587

Xitoyning Syamin portidan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tarkibida maishiy texnika yuki (muzlatkich, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi) bo‘lgan  konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Eronning Bandar-Abbos portiga keltiriladi. So‘ngra, yuklar temiryo‘l orqali Turkmanistongacha, u yerdan Toshkentning Sergeli stansiyasigacha yetkaziladi.

39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi Erondan O‘zbekistonga 14 kunda yetib kelishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: