Toshkent shahrida «rejali elektr ta’minotidan uzish» davom etadi. Shahar hokimligi poytaxtning 7 ta mahallasida kechki vaqtacha elektr ta’minoti uzilishini e’lon qildi.
«Uzoq vaqt davomida foydalanishda bo‘lgan elektr ta’minoti kabellari, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 26 iyun kuni quyidagi manzillarda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Soat 16:00 gacha:
- «Rakatboshi», «Muhandislar», «Eski Jaloyir» MFYlarida qisman;
Soat 17:00 gacha:
- «Qozirobod», «Katta Qozirobod», «Tong yulduzi» va «Fayziobod» MFYlarida qisman;
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi», deyiladi shahar hokimligi e’lonida.