O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi uchrashuvlari davom etmoqda. Uchrashuvlar jarayonida nomzodning saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan 2030 yilga qadar respublikada amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi. Rejaga binoan 2030 yilgacha:
Bolalarni bog‘chalarga qamrab olish 100%ga yetadi;
Ixtisoslashtirilgan maktablarda ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun 70% kvota ajratiladi;
Aholi salomatligini saqlashga ajratiladigan yillik mablag‘ hajmi ikki barobar oshirilib, 6 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi;
Kafolatlangan tibbiy xizmat bilan qamrab olish darajasi yanada kengayadi;
Oilasida nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand insonlarga ish haqi to‘lash tizimi joriy etiladi;
1 mln qo‘shimcha uy-joy qurilishi uchun 15 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi;
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 2200 dollardan 4000 dollarga oshiriladi;
Avtomobil sanoatida yillik 1 mln avtomobil ishlab chiqariladi;
Tadbirkorlik uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk soliqlari bo‘yicha stavkalar oshirilmaydi;
Milliy armiyamiz eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta’minlanadi.
O‘zLiDeP partiya matbuot xizmati