Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YouTube sahifasida e’lon qilingan videoda aytilishicha, gumonlanuvchi erkak o‘z xotini qo‘shni erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini shubha qilib qo‘shni erkakni o‘ldirish evaziga keyinchalik IIBga xabar bergan shaxsga 1000 dollar va’da qilgan.
Bu taklifni olgan erkak esa ichki ishlar xodimlariga murojaat qilib, buyurtmachiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Ariza yuzasidan ichki ishlar xodimlari tezkor tadbir o‘tkazadi. Tadbir davomida buyurtmachi o‘ldirilishini so‘ragan jabrlanuvchi go‘yoki kaltaklangan tusga keltirilib, surati buyurtmachiga yuboriladi. U tezkor tadbir o‘tkazilgan joyga 11 million 400 ming so‘m pul va qo‘shnisini o‘ldirish uchun pichoq olib boradi. Erkak tibbiyot qo‘lqopi kiyib bilan jabrlanuvchiga (ya’ni qo‘shnisiga) tashlanmoqchi bo‘lgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olinadi.
Lavhada aytilishicha, erkakni qotil yollashdek jinoyat sodir etishga undagan shubha-gumon isbotlanmagan.
Holat yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘shnisini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.