O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ta’lim olib, o‘qishini tugatayotganlar ichida 71 yoshli Chinnigul Do‘stxo‘jayeva ham bor.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, Chinnigul opa filialning “Soz asbob ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishining bakalavr bosqichini tamomlagan.
“Armonim oliy ma’lumotli bo‘lish edi. Mana armonimga yetdim. Hayotimning 50 yilini san’at sohasiga bag‘ishladim. Endigi armonim – magistratura bosqichiga o‘qishga kirish”, – deydi Chinnigul Do‘stxo‘jayeva.