Xitoy O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolyapti

Iqtisodiyot 08:55 / 22.06.2023 27519

2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 4,5 mlrd dollar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 3,8 mlrd hamda 1,9 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

—  Turkiya – 1,3 mlrd;
—  Koreya – 1,0 mlrd;
—  Germaniya – 894 mln;
—  Qirg‘iziston – 419 mln;
—  Turkmaniston – 364 mln;
—  Fransiya – 332 mln;
—  Afg‘oniston – 328 mln.

2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSh dollari va import 15,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: