«Rayffayzenbank» Rossiyadan O‘zbekistonga yevroda pul o‘tkazmalarini to‘xtatadi

Iqtisodiyot 21:02 / 21.06.2023 31504

Jumladan, Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Birlashgan Arab Amirliklari, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston banklariga pul o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. 

Qayd etilishicha, bu shartlar jismoniy va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan bir qatorda yuridik shaxslarga ham tegishli. 

Bank o‘z qarorini vakillik banklari tomonidan qo‘yilgan cheklovlar bilan izohlamoqda. Shu bilan birga, «Rayffayzenbank»ning rossiyalik mijozlari o‘z hisobi, hamda bir-birining hisobiga yevroda pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin. 

Siyosatchi va iqtisodchi Vladimir Milov fikricha, bunday cheklovlarning kiritilishi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi siyosati bilan bog‘liq emas. 

«Menimcha, bu Rossiyadagi faoliyatni qisqartirish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Ha, «Rayffayzenbank» ketadi, unga katta bosim bor. Bu parallel importga va sanksiyalarni chetlab o‘tishga unchalik ta’sir qilmaydi. Chunki SWIFT tizimidan uzilmagan boshqa kichikroq banklar ham bor», dedi u.

Raiffeisen Bank — bosh ofisi Avstriyada joylashgan yirik banklardan biri. «Rayffayzenbank» uning Rossiyadagi filiali bo‘lib, 1996 yilda ochilgan. 2021 yilda Forbes tomonidan Rossiyaning eng yaxshi banki sifatida tan olingan. 

Ko‘proq yangiliklar: