2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd AQSh dollariga yoki 25,4 foizga oshgan.
5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSh dollari va import 15,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.