Transport sohasidagi ayrim funksiyalar xususiy sektorga o‘tkazilmoqda.
Prezident tomonidan “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Foto: Kun.uz
Hujjatga muvofiq, transport sohasidagi ayrim funksiyalar xususiy sektorga o‘tkazilmoqda.
Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilmoqda, u avtomobil, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiradi. Inspeksiya quyidagi huquqlarga ega:
- avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
- avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha postlarda tekshirish uchun to‘xtatish.
Hujjat bilan quyidagi nazorat tadbirlarini Biznes-ombudsmanning ruxsatisiz, uni xabardor qilmasdan, “xavfni tahlil etish” tizimini qo‘llamagan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) amalga oshirishga ruxsat etilmoqda:
- Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va korxonalarida parvozlar xavfsizligiga rioya etilishi yuzasidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlarida belgilangan rejali va to‘satdan tekshiruvlar o‘tkazish;
- Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish qoidalariga rioya etilishini tashish jarayonida reydlar o‘tkazgan holda nazorat qilish.
Mavzuga oid

13:17 / 10.03.2025
O‘zbekistonda yo‘l belgilarini qo‘llashda Belarus tajribasi tatbiq etilishi mumkin

12:40 / 04.03.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi

10:36 / 03.02.2025
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi

12:15 / 02.02.2025