Beeline Uzbekistan o‘z mijozlari uchun yangilangan Beeline Club sodiqlik dasturini ishga tushiradi. Uning ishtirokchilari BeeCoin, ya’ni balansni to‘ldirish uchun to‘plangan ballarni do‘konlar, restoran va kafelar, sport zallari va digital-operatorning boshqa hamkorlaridagi imtiyozlarga almashtirishlari mumkin. Yangi funksiyalar faqat Beeline Uzbekistan ilovasida mavjud – uni yuklab olib, smartfoningizga o‘rnatishni unutmang!
“Beeline Club” dasturidan oldindan to‘lov tizimi tariflarini ulagan mijozlar foydalanishlari mumkin. Har bir mobil balansni 1000 so‘mga to‘ldirganda mijozga 10 BeeCoin taqdim etiladi. O‘zbekistonning 200 dan ortiq kompaniyasi dasturning hamkoriga aylandi. Ular BeeCoin’larni chegirmalar, promokodlar va eksklyuziv takliflarga almashtirishlari mumkin. Shu bilan birga, dastur ishtirokchisining darajasi har 90 kunda o‘sib boradi.
Birinchi bosqichda, dasturga qo‘shilgandan so‘ng, siz operator hamkorlaridan 5% gacha chegirmalarga ega bo‘lishingiz mumkin. Ikkinchi darajada, 10% gacha chegirmalar va hamkorlarning promokodlari mavjud bo‘ladi. Uchinchi va to‘rtinchi darajalarda chegirmalar 40% gacha yetadi. Barcha chegirmalar faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Bundan tashqari, faqat yangi “daraja”ga o‘tish fakti uchun "Beeline" mijozi qo‘shimcha 200 BeeCoin oladi.
“Beeline Club 2.0” a'zolari uchun ham yangilangan “Beeline Club” mavjud. Yangilangan dasturga qo‘shilganda, mijoz darajasi saqlanib qoladi va unga 200 BeeCoin bonusi o‘tkaziladi. Barcha to‘plangan Beep’lar ham saqlanadi, ularni BeeCoin’ga aylantirish va chegirmalardan bahramand bo‘lish mumkin.
Dasturda ishtirok etish uchun “Beeline Uzbekistan” ilovasini yuklab olishingiz yoki so‘nggi versiyaga yangilashingiz, “Beeline Club” bo‘limiga o‘tishingiz va “Beeline Clubga qo‘shilish” tugmasini bosishingiz kerak. Agar mijoz avval Beeline Club 2.0 a’zosi bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday harakatlar amalga oshirilishi kerak.
“Beeline Club – sevimli restoranlari, sport klublari, do‘konlari yoki salonlariga tashrif buyurish yanada zavqliroq bo‘ladigan odamlar klubidir. Ammo dasturda ishtirok etish bizning hamkorlarimiz tomonidan nafaqat chegirmalarni taqdim etadi: har oy mijoz “Beeline Uzbekistan” ilovasida maxsus aloqa xizmatlarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular orasida, masalan, 1 TB internet to‘plami. Shunday qilib, Beeline Club ham digital, ham real dunyoda qo‘shimcha imkoniyatdir”, - deydi “Beeline Uzbekistan” tijorat direktori Maksim Yefremov.
“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | Twitter | LinkedIn