Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti
Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatida esayotgan kuchli shamol natijasida soat 8:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida Samarqand shahri, Jomboy, Urgut, Toyloq, Past Darg‘om va Oqdaryo tumanlarining ayrim hududlarida jami 3250 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.
Mavzuga oid

20:49 / 14.03.2025
Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025