Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Highlander Plus krossoveri taqdim etildi. Uning narxi 39,7 ming dollardan boshlanadi
Toyota'ning katta krossoveri Xitoyda taqdim etildi, hozirda u 2,8 ming dollarlik chegirma bilan xaridorlarga taklif etilmoqda.

Foto: Toyota Highlander
Toyota kompaniyasi Xitoyda o‘zining katta hajmli krossoveri Highlander’ning yangi modifikatsiyasi — Plus’ni taqdim qildi.
Highlander Plus bazaviy komplektatsiyasi 360 gradusda atrof-muhitni ko‘rish tizimi (kamera) bilan jihozlangan, teri bilan qoplangan o‘rindiqlarning qulaylik darajasi oshirilgan, orqa eshiklar esa elektron boshqaruvga ega.
Plus 3 ta versiyada taqdim etiladi va ularning barchasi gibrid. Dastlabki 2 ta versiya 8 dyuymlik displey bilan, so‘nggi top komplektatsiya esa 12,3 dyuymlik ekran bilan jihozlangan.
Avtomobilga 2,5 litr hajmli 192 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan, u o‘z navbatida Toyota'ning maxsus variator uzatmalari qutisi – eCVT bilan hamkorlikda ishlaydi. Shuningdek, top versiyada 54 ot kuchiga ega elektromotor ham mavjud.
Hajm jihatdan Highlander Plus “akasi” Highlander’ni to‘liq takrorlaydi — uzunligi 4965 mm, eni 1930 mm, bo‘yi esa 1750 mm. G‘ildiraklar bazasi bo‘lsa, 2850 mmni tashkil qiladi.
Bazaviy komplektatsiya uchun 39,7 ming dollar, top versiya uchun esa 42 ming dollar narx belgilangan. Biroq avtomobilning ilk xaridorlari 2,8 ming dollarlik chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55