Samarqandga parvoz qilgan samolyotda yo‘lovchi sigareta chekkani aniqlandi
Samolyot manzilga qo‘nganidan keyin unga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Foto: Uzbekistan Airpors
12 iyun kuni «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Silk Avia kompaniyasi samolyoti sahnida yo‘lovchi sigareta chekkani aniqlandi.
Qayd qilinishicha, 70 yoshli ayol samolyot hojatxonasida sigaret chekkan. Tamaki mahsuloti hidini sezgan bort kuzatuvchilari yo‘lovchiga samolyot bortida chekish qat’iyan taqiqlanganini tushuntirishga harakat qilishgan. Bunga javoban ayol o‘z noroziligini bildirgan.
Bort kuzatuvchilari vaziyat haqida samolyot komandiriga xabar bergan. Samolyot Samarqandga qo‘ngach, huquq-tartibot xodimlari tomonidan yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Endi u bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, samolyot bortida chekish qat’iyan man etiladi. Bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan tartibga solingan.
Mavzuga oid

08:58 / 10.03.2025
Germaniya Tramp F-35 samolyotlarini «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligidan xavotirda

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025