Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashishda O‘zbekiston barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini aytdi.

Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat avvalida prezident Abay oblasti hududida ro‘y bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan To‘qayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi.
«Tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekani bildirildi.
Prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ham muhokama qildi.
Savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi», deyiladi xabarda.
Abay oblastida 8 iyun kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Rossiya bilan chegaradosh hududda chiqqan yong‘in 60 ming gektardan oshiq maydonni qamrab olgan. Mamlakatda 12 iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida 450 metrli tunnel aniqlandi

18:58 / 21.07.2025
Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi

09:48 / 19.07.2025