Toshkent shahriga xizmat ko‘rsatuvchi Ohangaron tumanidagi qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) poligoniga har kuni 2300 tonnadan ortiq chiqindi kelib tushadi. Chiqindi yig‘uvchi agregator bunday katta hajmlarga qanday dosh beradi? O‘zbekistonda chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida qanaqa zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda?
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) poligoni 1966 yildan beri mavjud bo‘lib, hozirda u “MaxsusTrans” DUK tasarrufidadir. Uning umumiy maydoni — 50 gektardan ortiq.
Qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
— Mahallalar va mahallalar ichidagi yig‘ish punktlarida to‘plash.
— “MaxsusTrans” DUK avtomashinalari orqali uchta yuk tashish stansiyalaridan biriga: Yashnobod, Yakkasaroy yoki Yunusobodga yetkazish. Bu yerda plastik, karton, shisha saralanadi.
— Qolganlari Ohangaron chiqindi poligoniga olib ketiladi.
Chiqindilar poligonda buldozer va zichlagichlar yordamida 2 metr qalinlikdagi qatlam qilib siqiladi, so‘ngra 30-40 sm qalinlikdagi tuproq bilan qoplanadi. Poligonda bunday qatlamlar sig‘imidan kelib chiqib o‘nlab bo‘lishi mumkin.
Ohangaron poligoni allaqachon 98 foizga to‘lgan, yaqin vaqtlarda uni yopish rejalashtirilmoqda. Hozirda uning yonida 30 gektarga yaqin yangi poligon qurilmoqda. Loyiha qiymati 78,7 million dollarni tashkil etadi, buning — 69 million dollari Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladi, 9,7 million dollari esa O‘zbekistonning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ajratilgan kredit mablag‘larining bir qismidan chiqindixonada ishlash va uni mexanizatsiyalash uchun 8 ta Caterpillar* mashinasi xarid qilindi:
— 2 ta chiqindi zichlagich 826K;
— 3 ta D6R2 buldozer;
— 2 ta old yuklagich Cat 950L;
— 1 ta Cat 330 ekskavatori.
CAT maxsus texnikasi — og‘ir sharoitlarda ham doim harakatda bo‘lish talab etiladigan ishonchli texnikadir. U texnik xizmat ko‘rsatish qulayligi, yaxshilangan ekspluatatsion sozlamalari, oddiylashtirilgan boshqaruv tizimi va operator uchun qulayligi bilan ajralib turadi, bundan tashqari, chiqindi poligonlaridagi ishlar samaradorligi va xavfsizligini oshiradi.
Hozir CAT maxsus texnikasi Ohangaron tumanidagi eski QMCh poligonida ishlamoqda. Yangi poligon 2023 yil dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
— Ifloslangan suvning yerosti suvlariga qo‘shilib ketishining oldini olish uchun chiqindixona yuzasini chiqindilar tarkibidagi cho‘kindi va suyuqliklardan izolyatsiya qilish;
— Tozalash moslamalari bo‘lgan drenaj quvurlari yordamida oqova suvni yig‘ish va tozalashni ta’minlash, keyinchalik tozalangan suvni atrof-muhitga chiqarish;
— Poligon gazini utilizatsiya qilish va uning zaharli tarkibiy qismlarini yo‘q qilish.
Eski poligon undan foydalanish to‘xtatilganidan so‘ng ham yana 30-70 yil davomida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan gazni (metan) chiqarish va yoqish uchun generator hamda quduqlar bilan ham jihozlanadi.
Yaqin kelajakda chiqindilarni imkon qadar ko‘proq qayta ishlash zarur. O‘zbekistonda qayta ishlash ulushi 26 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan va bu natijaga erishishda asosiy omil chiqindini foydalanuvchilarning o‘zi, ya’ni har birimiz tomonidan saralashdir.
*Caterpillar’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri — “Zeppelin Central Asia Machinery” XK MChJ hisoblanadi.
Batafsil.: +998 78 150 99 33
Reklama