Jahon | 22:30 / 08.06.2023
13683
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari Nyu-Yorkni quyuq tutun ichida qoldirdi

Quyidagi fotosuratlarda Ozodlik haykali deyarli ko‘rinmay qolgan. Shahardagi osmono‘par binolarni ham ko‘rish qiyinlashgan.

Kanadada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Mamlakat hukumati xabar berishicha, 7 iyun kuni 414 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, shundan 239 tasining tarqalishi hali nazoratga olinmagan. Olov qamrab olgan maydon hajmi — 3,8 million gektarni tashkil etadi. Kanadada ikki hafta oldin boshlangan yong‘inlar AQSh shimolidagi shaharlarga ta’sir qilmoqda. 6 iyun kuni Nyu-York dunyodagi barcha yirik megapolislar orasida havo ifloslanishi eng yuqori bo‘lgan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib qoldi. Mahalliy maktablar va boshqa ta’lim muassasalari ochiq havoda rejalashtirilgan mashg‘ulotlarni bekor qilmoqda. Nyu-York osmoni kulrang va to‘q sariq rangga burkangan. Shahar meri Erik Adams aholini ko‘chada niqobda yurishga va imkon qadar derazasi yopiq bo‘lgan xonalarda qolishga chaqirdi. Quyida Nyu-Yorkning bugungi kundagi manzaralari aks etgan suratlar.

Ozodlik haykali. Quyuq tutun tufayli uni ko‘rish qiyinlashgan
ZUPR / BACKGRID / Vida Press
ZUPR / BACKGRID / Vida Press
Jennifer Graylock / INSTARimages / Scanpix / LETA
Chrysler korporatsiyasi osmono‘par binosi (Kraysler-Bilding)
David Dee Delgado / Getty Images
Michael Nagle / Xinhua / SIPA / Scanpix / LETA
Jeenah Moon / Bloomberg / Getty Images
Long-Aylend-Siti tumani
Andrew Kelly / Reuters / Scanpix / LETA
Lev Radin / Pacific Press / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Markaziy park
Timothy A. Clary / AFP / Scanpix / LETA
Michael Nagle / Xinhua / ZUMA Press
Amr Alfiky / Reuters / Scanpix / LETA
Spencer Platt / Getty Images

Mavzuga oid