Qarshidagi bozor hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Yerqo‘rg‘on bozori hududida joylashgan do‘konning 210 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Videodan kadr
Qarshi shahrida joylashgan bozor hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa to‘g‘risida rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Yerqo‘rg‘on bozori hududida joylashgan ikki qavatli do‘konning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo‘ljallangan transport vositasi jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do‘konning 210 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025