O‘zbegim Development kompaniyasining yangi Shoshkent turar joy majmuasi sotuv ofisi ochildi

O‘zbekiston 16:56 / 07.06.2023 9868

3 iyun kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida O‘zbegim Development kompaniyasiga qarashli yangi Shoshkent turar joy majmuasi sotuv ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda zamonaviy, barcha qulayliklarga ega uylar qurilishiga ko‘p yillardan beri hissa qo‘shayotgan O‘zbegim Development kompaniyasi poytaxt aholisi uchun sevimli manzilga aylanayotgan uylar barpo etib kelmoqda. Kompaniya o‘zining yana bir yangi loyihasi - Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisini ochdi.

Shoshkent turar joy majmuasi 14 qavatli 4 ta blokdan iborat. Turar joy majmuasi infratuzilmasi restoran, supermarket, butiklar, stomatologik klinika, dorixona, fitnes zal va yashash uchun qulay bo‘lgan boshqa qulayliklarni o‘z ichiga olgan.

Hududda har bir mijozning o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, maydoni 55 metr kvadratdan 113 metr kvadratgacha bo‘lgan xonadonlar mavjud bo‘ladi. Eng asosiysi so‘nggi vaqtlarda barcha megapolislarda bo‘lgani kabi Toshkentda ham muammoga aylanib borayotgan avtoturargoh masalasi oldindan hal qilib qo‘yilgan. Shoshkent turar joy majmuasida yerosti avtomobillar turar joyi mavjud bo‘lib, bu aholiga mashinalarini xavfsiz va ortiqcha muammosiz joylashtirish imkonini beradi.

Tadbirni Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ochib berib, Shoshkent turar joy majmuasi Toshkentdagi yana qulay sharoitlarga ega sevimli maskan bo‘lishiga ishonch bildirdi va kompaniya faoliyatiga omadlar tiladi.

Tadbir qatnashchilariga loyiha ta’sischilari Ollohyor Abdug‘afforov va Baxtiyor To‘xtayev ushbu majmuaning qurilishi, loyiha va rejalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ijtimoiy tarmoqda sahifalar:

Veb-sayt : http://www.uzd.uz

E-mail : ozbegimuzb@gmail.com

Telegram-kanal : https://t.me/Solidity_Group

YouTube kanal : https://www.youtube.com/channel/UCJJaHsqOT-SAUuMo_wFoDbg

Facebook : https://www.facebook.com/UzbegimDevelopment

Instagram : https://instagram.com/uzbegimdevelopment?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Reklama 

Ko‘proq yangiliklar: