Eron o‘z hududida Rossiya, Turkmaniston va Qatar ishtirokida gaz habi tashkil etishi mumkin

Jahon 20:54 / 07.06.2023 10309

Bu haqda Eron neft vaziri Javod Oujiy ISNA agentligiga ma’lum qildi. 

«Islom respublikasi… 33 trillion kub.m. qazib olinadigan gaz zaxirasiga ega, bu resurs zaxirasi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda... Biz Rossiya, Turkmaniston va Qatar ko‘magida Fors ko‘rfazi va Asaluyani tabiiy gaz habiga aylantirishga intilamiz», dedi u. 

Vazir loyiha haqida batafsil ma’lumot bermadi, faqat hozir zarur tayyorgarlik va rejalashtirish ishlari olib borilayotganini ta’kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: