Qatar fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim joriy qilinadi

O‘zbekiston 17:20 / 05.06.2023 8647

Farmonga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Ma’lumot uchun, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun, 5 iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Muloqotda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yil 1 fevraldan boshlab 45 mamlakat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: