O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Qarag‘andadagi mavsumiy ishlarga jalb qilinadi

O‘zbekiston 13:31 / 05.06.2023 6955

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qarag‘anda viloyati hokimi Yermag‘anbet Bulekpayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuvda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qarag‘anda viloyatida  54 ta O‘zbekiston bilan hamkorlikda 25 ta korxona faoliyat olib borayotgani, ular savdo, qurilish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda ishlayotgani ma’lum qilindi.

Suhbat davomida, Qarag‘anda viloyati hokimi O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi sifatida maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi barpo etilayotganini bildirib, O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini va qo‘shma biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Elchixona rahbari tomonidan ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekistonga qoramol, ko‘mir va respublikadan esa mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda Qarag‘anda viloyati hokimiyatining talabiga binoan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: