Jamiyat | 08:11 / 05.06.2023
16242
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lidagi ko‘prik qisman yopiladi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4P12 “Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘li 32-kilometrida joylashgan ko‘prikning "Toshkent-Chorbog‘" yo‘nalishidagi qismi yopiladi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Bugun, 2023 yil 5 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4P12 “Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 32-kilometrida (Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlari chegarasida) joylashgan ko‘prikning "Toshkent-Chorbog‘" yo‘nalishidagi qismi yopiladi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, "Chorbog‘-Toshkent" yo‘nalishdagi qismda ikki tomonlama harakat tashkil etiladi.

Mazkur joyda ogohlantiruvchi va yo‘nalish ko‘rsatuvchi barcha tegishli yo‘l belgilari o‘rnatildi. 

Haydovchilardan hushyorlikni oshirib, harakat xavfsizligini ta’minlayotgan YPX xodimlarining ishoralariga va o‘rnatilgan yo‘l belgilariga e’tiborli bo‘lib harakatlanish so‘ralgan.

Mavzuga oid