“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekiston 17:14 / 03.06.2023 11886

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi. Quyidagilar agentlik tuzilmasiga o‘tkaziladi:

2024 yil 1 yanvardan:

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

2024 yil 1 avgustdan:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi. 2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlari bo‘yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma’lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

2023 yil 1 oktyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi. 2023 yil 1 oktyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi agentlik tasarrufiga o‘tkaziladi. Aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko‘maklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: