Ukraina prezidenti: Biz qarshi hujumga tayyormiz

Jahon 14:55 / 03.06.2023 16839

Davlat rahbari bu operatsiya qancha davom etishini bilmasligini qo‘shimcha qildi

Bundan tashqari, Kiyev o‘z hamkorlaridan ko‘proq qurol olishni xohlaydi, deya ta’kidladi Ukraina rahbari. 

«Biz ba’zi narsalarga ega bo‘lishni xohlaymiz, lekin oylar davomida kuta olmaymiz», dedi Zelenskiy.

Ukrainalik sapyorlar Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga tayyorgarlik doirasida bir necha hafta davomida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar chegarasidagi minalarni olib tashlash uchun mashaqqatli mehnat qilmoqda, deb yozadi Amerikaning The Washington Post gazetasi. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik muhandislar va sapyorlar ba’zi hollarda o‘z ishlari uchun mudofaa istehkomlarini buzib o‘tishga mo‘ljallangan yangi jihozlardan, shu jumladan Germaniyaning Leopard 2 tankiga asoslangan maxsus o‘zgartirilgan transport vositalaridan foydalanyapti.

Ko‘proq yangiliklar: